Skip to main content
Article

AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TIBBIY PEDAGOGLARDA PEDAGOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISH DARAJALARI

Shahnoza XayitovaSamarqand davlat tibbiyot universiteti dotsenti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tibbiy pedagoglarda pedagogik madaniyatning shakllanish darajalari tadqiq etilgan. Maqola pedagogik madaniyatning mazmuni, tarkibiy qismlari va shakllanish darajalari – yuqori, o‘rta va past darajalarni aniqlashga qaratilgan. Pedagogik madaniyatning motivatsion-qiymat, kognitiv-aksiologik, konativ-faoliyat va refleksiv-shaxsiy komponentlari batafsil tahlil qilingan. Shu bilan birga, pedagogik madaniyatni shakllantirish jarayonida akmeologik yondashuvning samaradorligi va talabalarning professional-ijodiy o‘sishiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida bo‘lajak tibbiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari hamda amaliy imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, akmeologik yondashuvning talabalarda mustaqil fikrlash, refleksiv faoliyat, kommunikativ kompetentlik va kasbiy mas’uliyatni shakllantirishdagi o‘rni ochib berildi. Maqolada pedagogik madaniyatni rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari aniqlanib, bo‘lajak tibbiy pedagoglarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash imkoniyatlari ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari tibbiy ta’lim jarayonida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqish hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy jihatdan ahamiyatlidir.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references