O'SIMLIKLAR DUNYOSI DAVLAT KADASTRI MA'LUMOTLARINI DKYATGA INTEGRATSIYA QILISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Abstract
Mazkur maqolada o‘simliklar dunyosi davlat kadastri ma’lumotlarini Davlat kadastrlari yagona axborot tizimiga (DKYAT) integratsiya qilishning dolzarb masalalari, mavjud muammolari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif etilayotgan yechimlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘simliklar dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va yagona axborot tizimiga uzatish jarayonlari o‘rganilgan. Integratsiya jarayonida uchraydigan asosiy muammolar sifatida ma’lumotlar formatlarining nomuvofiqligi, geofazoviy ma’lumotlarning standartlashtirilmaganligi, idoralararo axborot almashinuvi mexanizmlarining yetarli darajada shakllanmaganligi hamda ma’lumotlarni muntazam yangilashdagi cheklovlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida geoinformatsion texnologiyalar, raqamli geoma’lumotlar bazasi, masofadan zondlash ma’lumotlari va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari o‘simliklar dunyosi davlat kadastri ma’lumotlarini DKYATga samarali integratsiya qilish orqali kadastr ma’lumotlarining aniqligi, ishonchliligi va boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatadi.
Not yet translated