Skip to main content
Article

G'AFUR G'ULOM NASRIY ASARLARIDA SO'Z IJODKORLIGINING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI

Хamidova Nodira SattorovnaTermiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti,Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi
ABI

Abstract

Maqola G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari, xususan, uning qissalarida (“Shum bola”, “Yodgor”) so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahliliga bag‘ishlangan. Yozuvchining qissalarida mavjud til vositalaridan foydalanib yangi ifodalar yaratish, metafora, metonimiya, neologizmlar va boshqa badiiy usullar orqali tilning ichki imkoniyatlarini ochib berish jarayoni o‘rganiladi. Lisoniy tahlil tilning fonetik, morfemik, leksik va sintaktik darajalaridagi ijodkorlikni, kognitiv tahlil esa inson idroki, tafakkur kategoriyalari (vaqt, fazo, emotsiya, ijtimoiy adolat) va konseptual metaforalarning shakllanishini ko‘rsatadi. Maqola o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligidagi ilmiy yondashuvlarga (J. Lakoff va M. Jonsonning kognitiv metafora nazariyasi, o‘zbek stilistikasi) asoslanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references