Skip to main content
Article

QO'YLAR GELMINTOZLARINING GO'SHT SIFATIGA TA'SIRI, VETERINARIYA-SANITARIYA VA BIOKIMYOVIY JIHATLARI

Sarvar Kamol o'g'li AliboyevVeterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorantiOdiljon Elmurodovich AchilovSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor v.f.f.d. Dotsent
ABI

Abstract

Ushbu maqolada qo‘ylarda uchraydigan asosiy gelmintoz kasalliklarining go‘sht mahsuldorligi va go‘sht sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri veterinariya-sanitariya hamda biokimyoviy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Gelmintlar hayvon organizmida metabolik jarayonlarning buzilishi, oqsil-yog‘ almashinuvining izdan chiqishi, intoksikatsiya va immunosupressiyani keltirib chiqaradi. Natijada mushak to‘qimalarining rivojlanishi sustlashadi, go‘shtning kimyoviy tarkibi va organoleptik xususiyatlari yomonlashadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gelmintozlar bilan zararlangan qo‘ylarda so‘yim chiqimi 8–15 % gacha kamayadi, mushak oqsili miqdori pasayadi va veterinariya ekspertizasi davomida ayrim ichki organlar utilizatsiya qilinadi. Maqolada gelmintozlarning iqtisodiy zarari, sanitariya xavfi va profilaktik choralariga alohida e’tibor qaratilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references