Skip to main content
Article

Gestatsion pielonefritning patologik anatomiyasi

Exsonov Shuxrat Nozimjon o'gliToshkent Tibbiyot Universiteti Patologik anatomiya kafedrasi magistriMirzamuxamedov Odiljon XadjiakbarovichToshkent davlat tibbiyot universiteti "Patologik anatomiya" kafedrasi dotsenti, PhD
ABI

Abstract

Gestatsion piyelonefrit homiladorlik davrida uchraydigan eng muhim infeksion kasalliklardan biri bo‘lib, buyrak to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlari bilan kechadi. Ushbu maqolada gestatsion piyelonefritning patogenezi, morfologik o‘zgarishlari va klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Homiladorlik davrida immunologik va gormonal o‘zgarishlar fonida buyraklarda mikrotsirkulyator buzilishlar va yallig‘lanish reaksiyalari rivojlanadi. Maqsad buyrak parenximasidagi yallig‘lanish, interstitsial o‘zgarishlar va naychalar zararlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdir. Gistopatologik va klinik-laborator yondashuvlar asosida kasallikning erta diagnostikasi va asoratlarini kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references