Skip to main content
Article

TOʻDA-1 NEOLIT MAKONI TOSH INDUSTRIYASIDA XOMASHYO «SIYOSATI»

O ErgashevSh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiМ BerdiqulovSh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ABI

Abstract

Maqola Janubiy Oʻzbekistonning Boysun togʻlaridagi neolit davriga oid Toʻda-1 gʻor makonidan topilgan tosh industriyasida xomashyosi tasnifiga va unga ishlov berish strategiyalariga bagʻishlangan. Toʻda-1 gʻoridan topilgan tosh buyumlar asosan 6 xil xomashyolardan - jigarrang kremniy, dolomiit, yashil kremniy, xalsedon, kremniylashgan ohaktosh va yashmadan ishlangan. Ayrim hollarda qurol yasashda tosh plitka yoki tabiiy siniqlardan ham foydalanilgan. Kolleksiyaning tosh qurollarini - atipik qirgʻichchalar, kesgichlar, retushlangan plastinalar, plastinkalar va mikroplastinkalar, tosh bolta, geometrik uchburchak qurol, tosh bigiz, tigʻ, kompozit qurollar va retushlangan uchirindilar asosan jigarrang kremniylardan ishlangan. Gʻorda kremniylashgan ohaktoshning turli darajada kremniylashganlaridan foydalanilgan. Kremniy xomashyosi tanqis boʻlganligi sababli ularning oʻrni kuchli kremniylashgan ohaktosh bilan toʻldirilgan. Toʻda-1 gʻor makonidan yashma, xalsedon, yashil kremniy va qayroqtoshdan ishlangan nukleuslar aniqlanmagan. Toʻda-1 neolit makoni uchirindilarini ishlab chiqarishda 6 xil, plastinalar ishlab chiqarishda 5 xil tosh jinslaridan foydalanilgan. Ayrim uchirindilar slanes hamda xalsedon tosh jinslaridan xam ishlangan.Toʻda-1 gʻoriga jigarrang kremniylar (ayrim xalsedonlar ham) kichik hajmli galkalar shaklida tashib keltirilgan. Qolgan tosh jinslari yodgorlikning pastidagi soydan va atrofdagi togʻlardan tanlov asosida yigʻib keltirilgan. Gʻorda sifatli xomashyo – kremniyning tanqisligi va uning paleoiqtisod qilinganligi yoqqol koʻzga tashlanadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references