Skip to main content
Article

QO'YLAR DIKTIOKAULYOZI VA UNGA QARSHI KURASHISH CHORALARI (Adabiyotlar tahlili)

Sharipova Laylo Sharipovnatayanch doktorant, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiYo'ldashev Nurbek Ergashevichv.f.d., professor, SamDVMCHBU Toshkent filiali
ABI

Abstract

UO‘K: 619:636.3:616.395.122:616-084 QO‘YLAR DIKTIOKAULYOZI VA UNGA QARSHI KURASHISH CHORALARI (Adabiyotlar tahlili) Sharipova Laylo Sharipovna tayanch doktorant, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Yo‘ldashev Nurbek Ergashevich v.f.d., professor, SamDVMCHBU Toshkent filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.20540598 Annotatsiya: Mazkur maqolada qo‘ylar diktiokaulyozining tarqalish darajasi, epizootik xususiyatlari hamda unga qarshi kurash choralarining samaradorligi tahlil qilingan. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik dunyo miqyosida keng tarqalgan bo‘lib, zararlanish darajasi 18,7–75,5% ni tashkil etadi, Respublikamizda esa ilgari 65,5% gacha yetgani aniqlangan. Shu bilan birga, hozirgi davrda kasallikning zamonaviy epizootik holati, turli hududlarda tarqalish qonuniyatlari hamda antgelmintik preparatlar samaradorligi va rezistentlik darajasi yetarli o‘rganilmagan. Iqlim o‘zgarishi va chorvachilikni intensivlashtirish sharoitida mazkur muammo yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Natijada, diktiokaulyozga qarshi ekologik xavfsiz, iqtisodiy samarali va ilmiy asoslangan davolash-profilaktika choralarini ishlab chiqish zarurati asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: qo‘ylar, gelmint, gelmintoz, diktiokaulyoz, lichinka, geogelmint, Dictyocaulus filaria, invaziya ekstensivligi, degelmintizatsiya.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references