INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA INSON XARAKTERINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK-STILISTIK TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillarida inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning semantik, stilistik va lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning shaxs fazilatlari, xulq-atvori, ruhiy holati va jamiyat tomonidan baholanishini ifodalashdagi o'rni yoritiladi. Ingliz va o'zbek tillaridagi iboralarning obrazlilik darajasi, metaforik asoslari, ijobiy va salbiy baho ifodalash imkoniyatlari hamda tarjima jarayonidagi o'ziga xos jihatlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, har ikki tilda inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklar milliy tafakkur, madaniy qadriyatlar va kommunikativ tajribani aks ettiruvchi muhim lisoniy birliklar hisoblanadi.