AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TA'LIM TIZIMIDAGI HOLATI VA TARAQQIYOT ISTIQBOLLARI
Abstract
XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddatli taraqqiyoti inson hayotining barcha sohalariga chuqur kirib borib, shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirmoqda. Ommaviy axborot vositalarining raqamli platformalarga transformatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlarning keng qamrovli tarqalishi, sun’iy intellekt va biosensor texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida talabalar nafaqat axborotni iste’mol qiluvchilar, balki uni yaratuvchilar, tarqatuvchilar va tanqidiy baholovchilar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday sharoitda talabalarning axborotni tanqidiy idrok etish, media mahsulotlarining ontologik va gnoseologik asoslarini anglash, media orqali yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi ma’naviy immunitet hosil qilishga oid kompleks kompetensiyasini shakllantirish – ya’ni mediafalsafiy madaniyatni rivojlantirish bugungi oliy ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Maqolada Zamonaviy raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddatli taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Not yet translated