JIZZAX VILOYATINING HUDUDIY IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANISHIDA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISHNING MUHIM JIHATLARI
Abstract
Mazkur maqolada 2020–2025 yillarda Jizzax viloyatida o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi hamda ularning hududlar kesimidagi dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida investitsion faollikning hududiy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, investitsiya oqimlarining tumanlar bo‘yicha notekis taqsimlanish omillari va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari ilmiy asosda o‘rganilgan. Tahlillar natijasida Jizzax viloyatida investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib borayotganligi aniqlangan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda investitsion faollikning sustligi kuzatilgan. Maqolada hududiy investitsion muhitni yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, sanoat klasterlarini shakllantirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.