Skip to main content
Article

5–6-SINF O'QUVCHILARIDA INGLIZ TILI O'QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Mashrapova Sevara XabibovnaNamangan davlat chet tillari instituti,  Tayanch doktoranti
ABI

Abstract

5–6-SINF O‘QUVCHILARIDA INGLIZ TILI O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Mashrapova Sevara Xabibovna Namangan davlat chet tillari instituti, Tayanch doktoranti E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.20568974 Annotatsiya: Mazkur maqolada 5–6-sinf o‘quvchilarining psixofiziologik xususiyatlari va ularning xorijiy tilda o‘qish kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari talablariga mos ravishda matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodologik asoslari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim paradigmasida 5–6-sinf o‘quvchilarining ingliz tili o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning fundamental psixofiziologik va pedagogik-psixologik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro baholash dasturlari, xususan, boshlang‘ich va o‘rta bo‘g‘in tutashuvidagi savodxonlikni o‘lchovchi PIRLS hamda funksional savodxonlikka yo‘naltirilgan PISA tadqiqotlari talablariga integratsiyalashuvi bilan belgilanadi. Maqolada 11–12 yoshli o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish bosqichlari — konkret tafakkurdan mavhum-mantiqiy mushohadaga o‘tish davri tahlil qilinadi. Muallif o‘qish jarayonini shunchaki dekodlashtirish (harf va tovush mosligi) emas, balki murakkab kognitiv faoliyat sifatida talqin etadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning matnni interpretatsiya qilish, muallif pozitsiyasini tahlil etish va axborotni hayotiy kontekstga ko‘chirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda "yaqin rivojlanish zonasi", "metakognitiv monitoring" va "skayffolding" kabi psixologik konsepsiyalarning o‘rni yoritib berilgan. Maqolaning amaliy qismida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, "tushunmaslik qo‘rquvi" (reading anxiety) kabi psixologik to‘siqlarni bartaraf etish hamda matn bilan ishlashda vizualizatsiya va assotsiativ xotira imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, o‘qish kompetensiyasini tizimli rivojlantirish o‘quvchining nafaqat lisoniy boyligini, balki uning intellektual salohiyati va tanqidiy fikrlash darajasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishining asosiy omili ekanligi isbotlanadi. Kalit so‘zlar: o‘qish kompetensiyasi, 5–6-sinf psixologiyasi, PIRLS, PISA, kognitiv rivojlanish, funksional savodxonlik, ingliz tili metodikasi, metakognitsiya, interpretatsiya, motivatsiya.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references