O'ZBEK TILIDAGI O'XSHATISHLARNING ETNOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada o'zbek tilidagi o'xshatishlar etnolingvistik jihatdan tahlil qilinadi. o'xshatish — til tizimida nafaqat uslubiy, balki etnomadaniy nuqtai nazardan ham faol birlik bo'lib, xalqning turmush tarzi, tabiat bilan bog'liqligi, dunyoni idrok etish usuli va milliy mentalitetini bevosita aks ettiradi. Tadqiqotda o'xshatishning to'rt tarkibiy unsuri — subyekt, etalon, asos va shakliy ko'rsatkich — etnolingvistika doirasida izchil tahlil qilinadi. Hayvon nomlari, o'simlik leksikasi, tabiat hodisalari va mehnat-turmush madaniyatidan kelib chiqqan etalonlar asosida milliy o'ziga xos, umumturkiy va universal qatlamlar ajratiladi hamda o'zbek xalqining milliy tafakkur tarzini aks ettiruvchi xarakterli o'xshatish modellari ko'plab misollar asosida yoritiladi.