AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR TARIXINING RUS TARIXSHUNOSLIGIDA O'RGANILISHI
Abstract
Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar tarixining rus tarixshunosligida o‘rganilish bosqichlari tahlil qilinadi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida faoliyat yuritgan rus sharqshunoslari hamda tarixchilarining Amir Temur shaxsi, Temuriylar davlatining siyosiy tizimi, harbiy san’ati, iqtisodiy hayoti va madaniy taraqqiyoti haqidagi qarashlari o‘rganiladi. Shuningdek, sovet davri tarixshunosligida Amir Temur shaxsiga berilgan baholar, mafkuraviy yondashuvlar va mustaqillik davrida mazkur merosning qayta baholanish jarayonlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida rus tarixshunosligi Temuriylar davri tarixini ilmiy tadqiq etishda muhim o‘rin tutgani va bugungi temurshunoslik rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani asoslab beriladi.
Not yet translated