TURK XOQONLIGINING KLASSIK RUS TARIXSHUNOSLIGIDA O'RGANILISHI (XVIII ASR – 1917-YILGACHA)
Abstract
Ushbu maqolada Turk xoqonligining klassik rus tarixshunosligida o‘rganilish jarayoni XVIII asrdan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davr doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda rus sharqshunosligining shakllanishi, dastlabki sinologik yondashuvlar, shuningdek, turkologiyaning mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlanishi yoritilgan. Nikita Yakovlevich Bichurin, Vasiliy Vasilevich Radlov hamda Vasiliy Vladimirovich Bartold kabi olimlarning ilmiy merosi asosida Turk xoqonligi tarixini o‘rganishdagi metodologik o‘zgarishlar ochib beriladi. Ayniqsa, O‘rxun-Yenisey bitiklarining ilmiy muomalaga kiritilishi tarixshunoslikda muhim burilish nuqtasi sifatida baholanadi. Maqolada klassik rus tarixshunosligining yutuqlari bilan bir qatorda uning metodologik cheklovlari ham tanqidiy tahlil qilinadi.
Not yet translated