Skip to main content
Article

YENGIL AVTOMOBILLARNI EKSPLUATATSION JARAYONINING YOQILG‘I SARFIGA TA’SIRI

Faxridin BaxramovTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, t.f.n., dotsentAbbosbek BoltayevTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Transport vositalari muhandisligi mutaxassisligi magistrantiFurqat ShavkatovTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Transport vositalari muhandisligi mutaxassisligi magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada yengil avtomobillarning ekspluatatsion jarayoni yoqilg‘i sarfiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Avtomobilning yoqilg‘i tejamkorligi faqat dvigatel konstruksiyasi yoki zavod ko‘rsatkichlariga bog‘liq emas, balki texnik holat, haydash uslubi, yo‘l sharoiti, transport oqimi, yuklanish darajasi, iqlim omillari, texnik xizmat ko‘rsatish sifati va ekspluatatsion intizom bilan bevosita belgilanadi. Tadqiqotda yengil avtomobillarda yoqilg‘i sarfini shakllantiruvchi asosiy omillar tizimlashtirildi, ekspluatatsion ta’sir mexanizmlari ochib berildi va yoqilg‘i sarfini baholash uchun amaliy hisoblash yondashuvi taklif etildi. Maqolada o‘zbek tadqiqotchilarining avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi, dvigatellar nazariyasi, transport vositalari servisi va avtomobil xo‘jaligini tashkil etishga oid ilmiy-uslubiy ishlari asos qilib olindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yengil avtomobilning texnik sozligi, shina bosimining me’yoriy darajada bo‘lishi, dvigatelning optimal issiqlik rejimi, yonilg‘i-havo aralashmasining to‘g‘ri shakllanishi va haydovchining ravon boshqaruv uslubi yoqilg‘i sarfini kamaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references