TASVIRLARGA DASTLABKI ISHLOV BERISH ALGORITMLARI VA ULARNING DASTURIY REALIZATSIYASI
Abstract
Mazkur maqolada raqamli tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlarining nazariy asoslari, dasturiy realizatsiyasi hamda ularning samaradorligini baholash masalalari yoritilgan. Tasvir sifati ko'pincha shovqin, kontrastning pastligi va xiralashuv sababli yomonlashadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida shovqinni kamaytirish, silliqlash, keskinlashtirish, kontrastni oshirish va chegaralarni aniqlash algoritmlari tahlil qilindi. Algoritmlarning samaradorligi PSNR va SSIM mezonlari asosida baholandi. Python dasturlash tili va OpenCV kutubxonasi asosida grafik foydalanuvchi interfeysiga ega dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. Tajriba natijalari ayrim filtrlash algoritmlarining tasvir sifatini sezilarli darajada yaxshilashini ko'rsatdi.
Not yet translated