DARS JARAYONIDA OʻQUVCHILARGA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA MANGʻITLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNI YORITISH
Abstract
Mazkur maqolada umumta'lim maktablarida O'zbekiston tarixi fanini o'qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida Mang'itlar sulolasi davridagi Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yoritish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda Mang'itlar davrida qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq, yer egaligi munosabatlari va aholining ijtimoiy tarkibi haqidagi tarixiy ma'lumotlarni o'quvchilarga samarali yetkazish usullari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, interfaol metodlar, muammoli ta'lim, klaster, loyiha metodi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali tarix darslarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari tarix ta'limida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo'llash o'quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va tahliliy ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishini ko'rsatadi.