Skip to main content
Article

JAZO MUQARRARLIGI: NAZARIYA VA AMALIYOT O‘RTASIDAGI TAFOVUT

Sevara MuxammadiyevaSurxondaryo viloyati Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo’nalishi talabasi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat huquqi tizimining fundamental prinsiplaridan biri bo‘lgan jazo muqarrarligi prinsipining nazariy asoslari va uning huquqni qo‘llash amaliyotidagi real holati qiyosiy tahlil qilinadi. Muallif jazoning og‘irligi emas, balki uning muqarrarligi jinoyatchilikning oldini olishda asosiy omil ekanligi to‘g‘risidagi klassik va zamonaviy kriminologik konseptlarni tadqiq etadi. Maqolada nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni keltirib chiqaruvchi latent (yashirin) jinoyatchilik, korrupsiyaviy omillar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik-taktik imkoniyatlari hamda qonunchilikdagi kolliziyalar tahlil qilinib, prinsiplashgan tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references