KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISHDA DAVLAT BOSHQARUVI STRATEGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH (SURXONDARYO MISOLIDA)
Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati misolida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash sohasida moliyaviy-kredit mexanizmlarining qo‘llanilishi hamda ularning samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, “mahalla yettiligi” tizimi asosida amalga oshirilayotgan manzilli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan moliyaviy instrumentlar o‘rganildi. Shuningdek, kredit portfeli sifati, muammoli kreditlar ulushi va ularning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholandi. Tahlillar natijasida moliyaviy-kredit mexanizmlarining kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish jarayonidagi strategik ahamiyati asoslab berildi hamda ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy yo‘nalishlar belgilab olindi.