SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA SDN KONTROLLERLARIGA QILINGAN HUJUMLARNI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH
Abstract
So'nggi yillarda Software Defined Networking (SDN) texnologiyalarining keng joriy etilishi tarmoq boshqaruvini markazlashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Biroq SDN arxitekturasining markaziy elementi hisoblangan kontrollerlarning xavfsizligi muhim masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Kontrollerlarga qilingan kiberhujumlar butun tarmoq infratuzilmasining ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mazkur maqolada SDN kontrollerlariga qilingan hujumlarni aniqlashda sun'iy intellekt va mashinaviy o'qitish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o'rganildi. Tadqiqot davomida mashhur klassifikatsiya algoritmlarining samaradorligi tahlil qilinib, ularning hujumlarni aniqlashdagi afzallik va kamchiliklari baholandi. Olingan natijalar asosida SDN muhitida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Not yet translated