Skip to main content
Article

GIPAN asosidagi yangi tarkibli termobarqaror pigmentning SEM tahlili

Ulugbek IkromovBuxoro davlat texnika universitetiAxmedov Vohid NizomovichBuxoro davlat texnika universitetiShirinov Shavkat DavlatovichToshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti
ABI

Abstract

So'nggi yillarda yuqori haroratda ishlaydigan qoplamalar, qurilish materiallari, polimer kompozitlar va energiya tejovchi tizimlari uchun termobarqaror pigmentlarga bo'lgan ehtiyoj keskin ortib bormoqda. Bunday pigmentlar nafaqat rang barqarorligini, balki issiqlik, yorug'lik va kimyoviy muhit ta'siriga nisbatan yuqori chidamlilikni ta'minlashi, shuningdek, energiya samaradorligini oshiruvchi infraqizil nurlanishni qaytarish xususiyatiga ega bo'lishi talab etiladi [1]. Shu bilan birga, tabiiy bo'yoqlarni qatlamli silikatlar yoki gidrotalsit kabi mineral tashuvchilarga gibridlash orqali issiqlik, yorug'lik va kimyoviy barqarorligi sezilarli yaxshilangan ekologik pigmentlar ham ishlab chiqilmoqda [2]. Bunday tizimlarda mikro- va nanomorfologiya pigmentning optik, termik va migratsion xossalarini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Skanerlovchi elektron mikroskop (SEM) yordamida zarracha o'lchami, shakli, aglomeratsiyalanish darajasi va ularning matritsa bilan o'zaro ta'siri aniqlanadi; bu esa infraqizil nurlanishni qaytarish, rang bir xilligi hamda qoplama yoki polimer ichida dispersiyalanish sifatini tushunishga imkon beradi [3,4]. GIPAN asosidagi yangi tarkibli termobarqaror pigment yaratish aynan shu global tendensiyalarga javob beradi. Yangi kompozitsiyada pigment zarrachalarining shakli va o'lcham taqsimoti, ularning aglomeratsiyasi hamda matritsa bilan interfeys xususiyatlari SEM tahlili orqali aniqlanishi pigmentning issiqlik barqarorligi, rang barqarorligi va potentsial amaliy qo'llanishlarini chuqur baholash uchun zarurdir. Shu bois ushbu ishda GIPAN asosidagi yangi tarkibli termobarqaror pigmentning SEM tahliliga alohida e'tibor qaratilib, morfologik tuzilma va uning funksional xossalar bilan bog'liqligi o'rganiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references