O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING BMT DАGI O'RNI
Abstract
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)dagi o'rni va ahamiyati tahlil qilingan. Unda O'zbekistonning mustaqillikka erishgandan so'ng BMTga a'zo bo'lish jarayoni, tashkilot bilan hamkorlikning asosiy yo'nalishlari hamda xalqaro maydondagi faoliyati yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimiz tomonidan xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, yadro qurollarini tarqatmaslik, Orol dengizi ekologik muammolarini hal etish borasida ilgari surilgan tashabbuslar tahlil etilgan. Maqolada O'zbekistonning UNESCO, UNICEF, UNDP, WHO kabi BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorligi, inson huquqlarini himoya qilish, demokratik islohotlarni qo'llab-quvvatlash va barqaror rivojlanishni ta'minlashdagi o'rni ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari O'zbekistonning BMTdagi faol ishtiroki mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish va jahon hamjamiyati bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qilayotganini ko'rsatadi.