Skip to main content
Article

ACHILLEA MILLEFOLIUM L. URUG‘LARIDAN OLINGAN EFIR MOYI TARKIBINING FERMENTATIV MODIFIKATSIYASI VA GC–MS TAHLILI

Behruz B. TOSHBADALOVTayanch doktorant, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent, O‘zbekistonMuzaffar E. SATTAROVDotsent, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston
ŬzMU habarlari.journal2026
ABI

Abstract

O‘simlik asosidagi efir moylari bioaktiv birikmalarning muhim manbai hisoblanadi va farmatsevtika hamda biotexnologiyadakeng qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqotda Achillea millefolium L. urug‘laridan olingan efir moyining kimyoviy tarkibi va biologikfaolligiga fermentativ (sellulaza) hamda biologik (Aspergillus terreus) ishlov berishning ta’siri o‘rganildi. Efir moylarigidrodistillatsiya usuli bilan ajratilib, GC–MS yordamida tahlil qilindi. Natijalar efir moyi chiqimi sezilarli o‘zgarmaganini,ammo tarkibida muhim o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rsatdi. Xususan, kamazulen va levomenol miqdorining ortishi kuzatildi.Fermentativ ishlov berilgan namunalarda antioksidant faollik yuqori bo‘lib, past IC₅₀ qiymatlari aniqlandi. Shuningdek, bunamunalar kuchli antimikrob ta’sir ko‘rsatdi. Olingan natijalar fermentativ ishlov berish efir moyining biologik xossalariniyaxshilashini tasdiqlaydi. Mazkur yondashuv yuqori biofaollikka ega tabiiy mahsulotlar olishda istiqbolli hisoblanadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references