BADIIY XARAKTER KONSEPSIYASI VA ERKIN A'ZAM QISSALARIDA BOSH OBRAZ POETIKASI
Abstract
Ushbu maqolada badiiy xarakter tushunchasining nazariy-estetik mohiyati hamda Erkin A’zam qissalarida bosh obraz poetikasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda obraz, personaj, tip va xarakter kategoriyalarining o‘zaro munosabati aniqlashtirilib, adib qissalarida markaziy qahramonning syujet markazi emas, balki ma’naviy-estetik markaz sifatida shakllanish mexanizmlari ochib beriladi. “Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Shoirning to‘yi” va “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissalari materiallari asosida portret, detal, psixologizm, nutqiy individuallik, kinoya va ramziy-kompozitsion tizimning bosh obraz xarakterini chuqurlashtirishdagi vazifasi yoritiladi. Maqola natijasida Erkin A’zam poetikasida bosh obrazni yaratish tayyor tipdan emas, balki ko‘p qatlamli ruhiy va estetik qurilishdan kelib chiqishi asoslanadi.
Not yet translated