Skip to main content
Article

BADIIY XARAKTER KONSEPSIYASI VA ERKIN A'ZAM QISSALARIDA BOSH OBRAZ POETIKASI

Mohira A'zamjon qizi QayumovaToshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Adabiyotshunoslik: adabiyot nazariyasi fakulteti 2-kurs magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada badiiy xarakter tushunchasining nazariy-estetik mohiyati hamda Erkin A’zam qissalarida bosh obraz poetikasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda obraz, personaj, tip va xarakter kategoriyalarining o‘zaro munosabati aniqlashtirilib, adib qissalarida markaziy qahramonning syujet markazi emas, balki ma’naviy-estetik markaz sifatida shakllanish mexanizmlari ochib beriladi. “Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Shoirning to‘yi” va “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissalari materiallari asosida portret, detal, psixologizm, nutqiy individuallik, kinoya va ramziy-kompozitsion tizimning bosh obraz xarakterini chuqurlashtirishdagi vazifasi yoritiladi. Maqola natijasida Erkin A’zam poetikasida bosh obrazni yaratish tayyor tipdan emas, balki ko‘p qatlamli ruhiy va estetik qurilishdan kelib chiqishi asoslanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references