BILINGVIZMDA TIL TANLOVI VA LISONIY IDENTIKLIK
Abstract
Ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlashuvchi shaxslar turli tillarda muloqot qilganda o‘ziga xos xulq-atvor va nutqiy strategiyalarni namoyon qilishi mumkin. Yangi tilni o‘zlashtirish jarayoni nafaqat lingvistik kompetensiyani, balki “ikkinchi til identikligi”ni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, shaxsning muayyan masalaga nisbatan pozitsiyasi ko‘pincha u foydalanayotgan til bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, til tanlovi uning fikr bildirish uslubiga va mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi. Turli tillarda ifodalangan nutq jarayonida uyat, g‘azab yoki hijolatlik kabi emotsional holatlar turlicha namoyon bo‘lishi mumkin, bu esa til va hissiyot o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bir xil fikrning turli tillarda ifodalanishi uning ta’sir kuchi va qabul qilinish darajasiga sezilarli ta’sir etadi. Ushbu maqolada mazkur masalalarning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.