AGRAR MADANIYAT SHAKLLANTIRISHINING EVOLYUSIYASI VA RIVOJLANISH OMILLARI
Abstract
Ushbu maqolada agrar madaniyatning shakllanish bosqichlari, uning tarixiy evolyusiyasi hamda rivojlanishiga ta’sir qiluvchitabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy omillari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, tizimli, sivilizatsion vakonseptual yondashuvlardan foydalanildi. Agrar madaniyat oddiygina yerga ishlov berish yoki hosil yetishtirish tajribasi emas,balki insonning tabiat bilan munosabati, mehnat etikasi, yerga egalik shakllari, mahalliy bilimlar, urug‘-nasl tanlash tajribasi,suvdan foydalanish, hamkorlik va jamoaviy turmush me’yorlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy-madaniy tizim ekaniasoslab beriladi. Tadqiqot natijalari agrar madaniyat rivoji ovchilik-termachilikdan o‘troq dehqonchilikka o‘tish, irrigatsiyatizimlarining paydo bo‘lishi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, bozor aloqalarining kengayishi, sanoatlashuv, “yashil inqilob”,raqamli texnologiyalar va agroekologik yondashuvlar bilan uzviy bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, zamonaviy bosqichdaagrar madaniyatning barqaror rivoji uchun mahalliy tajriba, ilm-fan, ekologik mas’uliyat, infratuzilma, qishloq institutsiyalari vata’lim tizimi o‘rtasidagi uyg‘unlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi yoritiladi.