ERKIN A'ZAM QISSALARIDA XARAKTER YARATISH USULLARI: PSIXOLOGIK TASVIR, BADIIY DETAL VA NUTQIY INDIVIDUALLIK
Abstract
Maqolada Erkin A’zam qissalarida xarakter yaratishning uch yetakchi vositasi – psixologik tasvir, badiiy detal va nutqiy individuallik – tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda adibning qahramon ichki dunyosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh emas, balki bilvosita psixologizm, mimik va predmet detal, dialog, ichki monolog, kinoya hamda sukut orqali ochishi asoslanadi. “Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Shoirning to‘yi” va “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissalari misolida mayda detalning xarakterologik ma’noga aylanishi, nutqning qahramonning ijtimoiy va ruhiy qiyofasini belgilashi hamda psixologik qatlamning kulgi va fojea oralig‘ida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Natijada Erkin A’zam poetikasida xarakter yaratish tashqi harakatdan ko‘ra, ichki holatni sezdirish san’ati bilan chambarchas bog‘liq ekani ko‘rsatib beriladi.
Not yet translated