Boshlang'ich ta'limda matematika o'qitish jarayonida steam yondashuvini joriy etishning metodologik va amaliy afzalliklari
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta’lim texnologiyasini qo‘llashning nazariy-metodologik asoslari, xalqaro tajribalar va uning amaliy afzalliklari tizimli tahlil qilingan. Maqolada an’anaviy ta’lim paradigmasi va integratsiyalashgan STEAM yondashuvining konseptual farqlari, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining mantiqiy, fazoviy, algoritmik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish dinamikasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida boshlang‘ich sinf matematika kursining konkrtdan mavhumlikka o‘tish davridagi inqirozlarini bartaraf etishda 4C modelining roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan ishlab chiqilgan amaliy dars modellari hamda pedagogik tajriba-sinov ishlarining (SIN-test va monitoring) qiyosiy-statistik natijalari keltirilgan.
Not yet translated