Talabalar faolligini oshirishda mustaqil ta'lim samaradorligining ahamiyati
Abstract
Mazkur tezisda hozirgi globallashuv va axborotlashgan jamiyat sharoitida ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda mustaqil ta’limning ahamiyati yoritilgan. Unda mustaqil ta’limning mazmuni, vazifalari va talaba shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil ta’lim orqali talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv, kasbiy kompetensiyalar va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarining mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Natijada, mustaqil ta’limning talabalar faolligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashdagi muhim omil ekanligi xulosa qilingan.
Not yet translated