Skip to main content
Article

YANTOQ EKSTRAKTI VA CHAKANDA YOGI QO'SHILGAN SHAMCHALARNING GEMORROY KASALLIGIDA KLINIK SAMARADORLIGI: RANDOMIZATSIYALANGAN NAZORAT OSTIDAGI TADQIQOT

Mirzaalimov Sirajidin TalibjanovichQo'qon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi katta o'qituvchisiAvazxonova Sevara Saidazimxon qiziQo'qon universiteti Andijon filiali, Tibbiyot fakulteti, Farmatsevtika ishi yo'nalishi, 2-bosqich, 24-01-guruh talabasi
ABI

Abstract

Maqsad: Yantoq (Alhagi pseudalhagi Bieb.) ekstrakti va chakanda (Hippophae rhamnoides L.) yog'i asosida ishlab chiqilgan rektal shamchalarning gemorroy kasalligini konservativ davolashdagi klinik samaradorligini va xavfsizligini baholash. 2022–2023 yillarda o'tkazilgan prospektiv, randomizatsiyalangan nazorat ostidagi klinik tadqiqotga I–II darajali gemorroy tashxisi qo'yilgan 70 nafar bemor kiritildi (asosiy guruh n=35, nazorat guruhi n=35). Asosiy guruhga kombinatsiyalangan shamchalar kuniga 2 marta, 28 kun davomida tayinlandi; nazorat guruhiga esa an'anaviy rektoproktoz shamchalari buyurildi. Samaradorlik VAS og'riq shkala, Goligher gemorroy tasnifi va hayot sifati indeksi (WHOQOL-BREF) bo'yicha baholandi. Davolash 28-kuniga asosiy guruhda og'riq intensivligi 8,4±0,6 balldan 0,9±0,3 ballga tushdi (p<0,001). Umumiy klinik samaradorlik asosiy guruhda 94,3% ni tashkil etdi va nazorat guruhidagi 74,3% dan statistik jihatdan ishonchli ravishda yuqori bo'ldi (χ²=4,67; p=0,031). Nojo'ya ta'sirlar 5,7% holatlarda kuzatildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references