KARTOSHKA CHIPSLARI VA INSON SALOMATLIGI: POTENSIAL XAVF VA TA’SIRLAR
Abstract
Kartoshka gazaklari ayrim holatlarda chipslar yoki fri deb ham nomlanuvchi tez tayyor bo‘luvchi qovurilgan kartoshkabo‘laklaridir. Ular tez tayyorlanishi va yoqimli ta’mi bo‘lganligi sababli insonlar orasida ko‘proq yoshlar tomonidan sevibiste’mol qilinadi. Biroq ushbu mahsulotlarning tarkibida ko‘p miqdorda yog‘, tuz va ba’zi hollarda zararli kimyoviyqo‘shimchalar mavjud bo‘lganligi sababli insonlarda turli patologiyalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ularning yuqori haroratdaqovurish jarayonida akrilamid kabi moddalar hosil bo‘lib, ular inson sog‘lig‘i uchun potensial xavf keltirib chiqaradi. Kartoshkagazaklarini ortiqcha iste’mol qilish semirish, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va qon bosimining oshishiga olib kelishimumkin. Shuningdek, vitamin va mineral moddalarning kamligi sababli bu mahsulotlar to‘yimli ozuqa hisoblanmaydi. Mazkurmaqolada kartoshka gazaklarining inson organizmiga salbiy ta’siri va ularni cheklangan miqdorda iste’mol qilish zarurligihaqidagi fikrlar turli xorijiy va mahalliy manbalar asosida tahlil qilingan.