ASTRONOMIYANI OʻQITISHDA QOʻLLANILADIGAN AN'ANAVIY METODLAR VA ULARNING IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada astronomiyani o'qitishda qo'llaniladigan an'anaviy metodlar, jumladan ma'ruza, suhbat, kuzatish, ko'rgazmali ta'lim, amaliy mashg'ulot hamda planetariy asosidagi o'qitish usullarining pedagogik imkoniyatlari ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida astronomiya ta'limining shakllanish bosqichlari, an'anaviy metodlarning ta'lim samaradorligiga ta'siri hamda ularning zamonaviy STEM yondashuvlari bilan integratsiyalashuvi o'rganilgan. Xalqaro astronomik ta'lim tadqiqotlari natijalariga ko'ra, an'anaviy ma'ruza usuli o'quvchilarning bilim o'zlashtirish ko'rsatkichini o'rtacha 42 % dan 49 % gacha oshirgan bo'lsa, interfaol va kuzatuvga asoslangan metodlar bilan uyg'unlashtirilgan darslarda ushbu ko'rsatkich 73 % gacha yetganligi aniqlangan.