Skip to main content
Article

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARIDA MEDIA SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

N.O.SaidovaFarDU, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsentIbroximova ZebinisoFarDU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarida media savodxonlikni rivojlantirishning nazariy asoslari va pedagogik omillari tahlil qilinadi. Unda media savodxonlikni shakllantirishda individual yondashuv, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, multimedia texnologiyalarining ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni, ularning didaktik imkoniyatlari hamda tarbiyachilarning ijodiy va konstruktiv faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida maktabgacha ta'lim tizimida media savodxonlikni oshirish tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, zamonaviy ta'lim muhitini yaratish va bolalarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning muhim omili ekanligi aniqlangan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references