Skip to main content
Article

O'ZBEKISTONNING TRANSPORT-LOGISTIKA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MULTIMODAL TASHISHLAR VA TRANZIT SALOHIYATINI BAHOLASH

A. R. KholmatovTashkent state transport university, Tashkent, Uzbekistan
ABI

Abstract

Mazkur maqolada O'zbekistonning transport-logistika samaradorligini oshirishda multimodal tashishlar va tranzit salohiyatining roli tahlil qilindi. Dengizga bevosita chiqishga ega bo'lmagan davlat sifatida O'zbekiston xalqaro transport koridorlari, qo'shni davlatlar infratuzilmasi va chegara o'tish protseduralariga bog'liq bo'lib, bu avtomobil, temir yo'l va aralash tashish turlarini muvofiqlashtirishni tashqi savdo raqobatbardoshligining hal qiluvchi omiliga aylantiradi. Tadqiqotda mamlakatning asosiy transport koridorlari tuzilishi ko'rib chiqildi, uning Jahon banki Logistics Performance Index reytingidagi o'rni umumlashtirildi hamda muqobil transport turlarining xarajat, vaqt, ishonchlilik, multimodallik, raqamlashtirish va karbonat chiqindisi omillarini yagona metodik asosga keltiruvchi integral samaradorlik indeksi taklif etildi. Toshkent–Poti yo'nalishi bo'yicha qiyosiy hisob-kitob multimodal (temir yo'l + parom) variant yetkazib berish muddati uzunroq bo'lishiga qaramay, sof avtomobil variantiga nisbatan birlik logistika xarajati va chiqindilarni kamaytirishini ko'rsatdi. Natijalar quruq portlar (dry port), multimodal terminallar, raqamli kuzatuv va chegara protseduralarini muvofiqlashtirishni ustuvor yo'nalish sifatida asoslaydi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references