Skip to main content
Article

MAHATMA GANDI TA'LIMOTIDA INSONPARVARLIK G'OYALARINING FALSAFIY ASOSLARI

Sherdor Nematjonovich PulatovHead of the Department of Social Sciences Associate Professor, Doctor of Philosophy (PhD) in Philosophy Alfraganus University
ABI

Abstract

Mazkur tadqiqot Mahatma Gandining dunyoqarashi va falsafiy qarashlarida inson masalasining markaziy o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Gandi ta’limotida inson shunchaki ijtimoiy mavjudot sifatida emas, balki axloqiy, ma’naviy va ruhiy kamolot sari intiluvchi yaxlit shaxs sifatida talqin etiladi. Uning falsafiy qarashlarida inson eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, jamiyat taraqqiyoti, siyosiy faoliyat va ijtimoiy adolat masalalari bevosita inson axloqi va ma’naviy mas’uliyati bilan bog‘lanadi. Mahatma Gandining gumanistik qarashlari tasodifiy tarzda shakllanmagan bo‘lib, ular qadimgi hind diniy-falsafiy an’analari, xususan, vedanta, jaynizm, buddizm, shuningdek, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining axloqiy-falsafiy merosi ta’sirida rivojlangan. Gandi ta’limotida ahimsa (zo‘ravonliksiz harakat), satya (haqiqatga sadoqat), tapasya (o‘zini tiyish) kabi tamoyillar inson va jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtiruvchi asosiy prinsiplar sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda Gandining insonparvarlik g‘oyalari zamonaviy falsafiy va ijtimoiy muammolar kontekstida tahlil qilinib, uning ta’limotining universal va dolzarb jihatlari ochib beriladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references