Skip to main content
Article

AKADEMIK BOSIM VA RUHIY SALOMATLIK

Norboyeva ZarnigorTermiz Iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida, xususan tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda akademik bosimning shakllanish omillari, uning ruhiy salomatlikka ko‘rsatadigan salbiy ta’siri hamda mazkur holatlarning oldini olish va kamaytirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Akademik yuklama, baholash tizimi, vaqt yetishmasligi, ota-onalar va jamiyat kutgan yuqori natijalar talabalarda stress, xavotir, depressiv holatlar va emotsional kuyish sindromini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi doirasida nazariy tahlil, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va mavjud statistik ma’lumotlar tahliliga tayangan holda muammoning dolzarbligi asoslab beriladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references