O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KOMPANIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHI
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida kompaniyalarning barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlari raqamli iqtisodiyot kontekstida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot elektron tijoratni rag‘batlantiruvchi davlat boshqaruvi modeli, ERPI (E-commerce Readiness & Performance Index) integrallashgan indeksi hamda IPO (Initial Public Offering)ni strategik moliyalashtirish vositasi sifatida o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barqarorlik reytingi va uning kapital bozorlariga chiqishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari ERPI va barqarorlik reytinglari kompaniyalar uchun IPOga tayyorgarlikning institutsional asosi bo‘lib xizmat qilishini, investorlar uchun esa shaffoflik va ishonch darajasini oshirishini ko‘rsatadi.
Not yet translated