LUQMON BOʻRIXON HIKOYALARIDA BADIIY MAHORAT
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri — Luqmon Boʻrixon hikoyalarida badiiy mahorat masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida yozuvchining hikoyalarida psixologizm, syujet qurilishi, badiiy detal va ramziy tasvirning o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy asosda o‘rganiladi. Xususan, “Qo‘noq” va “Qorxat” hikoyalari misolida qahramon ruhiy kechinmalarining bilvosita tasviri, ichki konflikt va estetik g‘oyaning ifodalanish usullari tahlil etiladi. Maqolada yozuvchining an’anaviy realizm bilan zamonaviy badiiy tafakkurni uyg‘unlashtirgan holdagi ijodiy yondashuvi ochib beriladi hamda uning hikoyalari zamonaviy o‘zbek nasrida muhim o‘rin egallashi ilmiy jihatdan asoslanadi.
Not yet translated