BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHDA O'YINLARNING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida o‘yin faoliyatining pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yinlarning bolalarning son, miqdor, shakl, fazoviy va vaqt tushunchalarini o‘zlashtirishdagi roli yoritilib, didaktik va harakatli o‘yinlarning ta’limiy imkoniyatlari ochib berilgan. O‘yin texnologiyalaridan foydalanish bolalarda matematik bilimlarga nisbatan qiziqishni oshirishi, mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkur va muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada o‘yinlar orqali tashkil etilgan mashg‘ulotlarning samaradorligi pedagogik kuzatuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida matematik ta’limni takomillashtirishda o‘yin faoliyatidan samarali foydalanish muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Not yet translated