BO'LAJAK INFORMATIKA O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli pedagogik kompetentlik tushunchasining mazmuni ochib berilib, uning tarkibiy komponentlari aniqlangan. Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning metodologik yondashuvlari, xususan, integrativ va amaliy yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida samarali o‘qitish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Sun’iy intellekt, raqamli simulyatsiya, virtual va kengaytirilgan haqiqat, MOOCs hamda bulut texnologiyalarining bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini kompleks rivojlantirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuningdek, raqamli kompetentlikni rivojlantirish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Not yet translated