OʻPKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIKLARI VA ARTERIAL GIPERTONIYA BIRGA KECHGANDA DAVOLASH TAMOYILLARI VA REABILITATSIYASI
Abstract
Ushbu maqolada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (SOʻK) va arterial gipertoniya (AG) birga kechishi holatlarida davolash va reabilitatsiya tamoyillari tahlil qilinadi. SOʻK va AG ko‘pincha birga uchraydigan surunkali kasalliklar bo‘lib, ular bemorning umumiy sog‘lig‘iga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining ish faoliyatini murakkablashtiradi. Maqolada kasalliklarning patofiziologiyasi, asosiy xavf omillari, klinik belgilar va diagnostika usullari yoritilgan. Shuningdek, konservativ terapiya (bronxodilatatorlar, antiaggregantlar, antihipertenziv vositalar), fizioterapiya, nafas mashqlari, jismoniy faoliyatni optimallashtirish va parhez tavsiyalari kabi reabilitatsiya metodlari ko‘rib chiqilgan. Maqola SOʻK va AG birgalikda kechadigan bemorlar uchun individual davolash strategiyasini ishlab chiqish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Not yet translated