Skip to main content
Article

DAVLAT BOSHQARUVIDA AHOLI VA QISHLOQ XO'JALIGINI RO'YXATGA OLISHNING STRATEGIK AHAMIYATI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada 2026 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining davlat boshqaruvini rivojlantirishdagi strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ro‘yxatga olish jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish, resurslarni manzilli taqsimlash va hududiy rivojlanishdagi o‘rnini o‘rganishdan iborat. Maqolada aholini ro‘yxatga olishning tarixiy tajribasi va zamonaviy raqamli texnologiyalarning (GIS, onlayn platformalar) bu jarayondagi ahamiyati tahlil qilingan. Natijada, ro‘yxatga olish ma’lumotlarining davlat siyosatini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdagi ahamiyati haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references