Skip to main content
Article

HUDUDIY MEHNAT BOZORIDA ISHCHI KUCHI HARAKATCHANLIGINING BANDLIK SAMARADORLIGIGA TA'SIRI (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA

Jaxongir KamiljonovichTermiz davlat universiteti, Kompyuter va dasturiy injiniring kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Abstract

Mazkur tezisda Surxondaryo viloyati misolida hududiy mehnat bozorida ishchi kuchi harakatchanligining bandlik samaradorligiga ta’siri ilmiy-analitik yondashuv asosida yoritiladi. Tadqiqotda mehnat resurslarining hududlararo va sektorlararo harakati iqtisodiy muvozanatni ta’minlovchi mexanizm sifatida emas, balki bandlik sifati va barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida talqin qilinadi. Ishchi kuchining harakatchanligi ko‘pincha mehnat bozoridagi nomutanosibliklarni yumshatadi, biroq uzoq muddatda hududiy iqtisodiyotning ichki rivojlanish salohiyatini cheklashi mumkinligi asoslab beriladi. Tezisda statistik tahlil asosida ishchi kuchi harakati, bandlik darajasi va mehnat bozori samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi. Olingan xulosalar hududiy bandlik siyosatini takomillashtirish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references