OTA-ONA AJRIMINING BOLANING RUHIY SALOMATLIGIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada ota-ona ajrimining bolaning ruhiy salomatligiga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri tahlil qilinadi. Ajrim jarayonida va undan keyingi davrda bolalarda yuzaga keladigan emotsional holatlar — xavotir, qo‘rquv, aybdorlik hissi, tajovuzkorlik hamda o‘ziga ishonchsizlik kabi muammolar psixologik nuqtayi nazardan yoritiladi. Shuningdek, bolaning yoshi, individual-psixologik xususiyatlari va ijtimoiy muhit omillarining ajrim ta’sirini kuchaytiruvchi yoki yumshatuvchi jihatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada ota-onalar, pedagoglar va psixologlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik va psixologik qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari oilaviy ajrim sharoitida bolalarning ruhiy salomatligini asrash va moslashuv jarayonini samarali tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Not yet translated