O'ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANINING METODOLOGIK, ILMIY-NAZARIY ASOSLARI, USULLARI VA TAMOYILLARI
Abstract
Maqola O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik va ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillarini tahlil qiladi. Unda tarix fanining jamiyat rivoji va milliy manfaatlar yo‘lidagi ahamiyati, tarixiy haqiqatni ochib berishdagi roli ta’kidlanadi. Tarix fanining metodologiyasi sifatida ilmiy xolislik, tarixiy-tahliliylik, mantiqiy-uzviylik, xronologik izchillik kabi tamoyillar va ularning amaliy ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixini ilmiy va xolisona o‘rganish, arxiv hujjatlari va manbalarga asoslanib tadqiq etish masalalari yoritiladi. Maqola tarix fanining zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlanishi va yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rnini muhokama qiladi.
Not yet translated