Skip to main content
Article

ZAMONAVIY QANDOLATCHILIK NOMLARINING LINGVISTIK VA MADANIY ASOSLARI

Ochildiyeva Feruza Murodali qizi: Safarova Farida NarmuratovaFilologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy qandolatchilik mahsulotlari nomlarining lingvistik tuzilishi va madaniy asoslari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda qandolatchilik nomlari leksik-semantik, nominativ, pragmatik hamda lingvomadaniy nuqtayi nazardan o‘rganiladi. Nomlash jarayonida til birliklarining estetik, emotsional va marketing funksiyalari, shuningdek, globalizatsiya sharoitida milliy va transmadaniy unsurlarning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot real restoran va qandolatchilik menyulari, ommaviy savdo platformalari hamda reklama materiallari asosida olib borilgan empirik ma’lumotlarga tayangan. Natijalar zamonaviy qandolatchilik nomlari til va madaniyat kesishgan nuqtada shakllanayotgan dinamik nominativ tizim ekanini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references