Skip to main content
Article

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING BOLALARNI TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Ushbu maqolada bolalar bogʻchasining bolani tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish jarayonidagi oʻrni keng yoritilgan. Maktabgacha ta'lim muassasasining bola shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati, uning aqliy, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga koʻrsatadigan ta'siri ilmiy-uslubda tahlil qilingan. Maqolada bolalarning tengdoshlari bilan muloqoti, axloqiy tarbiya jarayoni, emotsional barqarorlikni shakllantirish va maktabga tayyorlash jarayonlari keng ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, bolalar bogʻchasiga muntazam qatnagan bolalar intellektual faoliyat, nutq rivoji, mustaqillik va ijtimoiy moslashuv boʻyicha yuqori natijalarga ega boʻladi. Mazkur maqola maktabgacha ta'lim mutaxassislari, tarbiyachilar va ota-onalar uchun ahamiyatlidir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references