TAYANCH O'RTA TA'LIMDA O'QUVCHILARNING O'QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada tayanch o‘rta ta’limda (5-9-sinflar) o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘qish savodxonligi o‘quvchilarning nafaqat ona tili va adabiyot fanlarini, balki matematika, tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘zlashtirishida ham hal qiluvchi kompetensiya sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli tayanch o‘rta ta’limda o‘qish savodxonligini rivojlantirish masalasi xalqaro baholash tadqiqotlari doirasida ham muhim tadqiqot obyektiga aylangan. Maqolada o‘qish savodxonligini baholashning xalqaro yondashuvlari tahlil qilinib, PISA xalqaro tadqiqoti metodologik asos sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida PISA o‘qish savodxonligini baholash modeli, unda qo‘llaniladigan matn turlari hamda kognitiv jarayonlar batafsil yoritilgan. Maqola natijalari tayanch o‘rta ta’lim o‘qituvchilari, metodistlar va ta’lim sifati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy va metodik asos yaratadi.
Not yet translated