Skip to main content
Article

IJTIMOIY FAROVONLIK UCHUN SUN'IY INTELLEKTNI LOYIHALASHNING FALSAFIY ASOSLARI

Mamurov Humoyun Boxodirjon o'g'liFarg'ona davlat universiteti, mustaqil tadqiqotchisi
Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

IJTIMOIY FAROVONLIK UCHUN SUN’IY INTELLEKTNI LOYIHALASHNING FALSAFIY ASOSLARI Mamurov Humoyun Boxodirjon o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti, mustaqil tadqiqotchisi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18514523 Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy axborot jamiyatida sun’iy intellektning (SI) ijtimoiy farovonlikni ta’minlashdagi o‘rni falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot L. Floridi tomonidan ilgari surilgan “onlife” konsepsiyasi va infosfera nazariyasiga tayangan holda, analog va raqamli olam uyg‘unlashgan yangi ontologik makonda SI ning ijtimoiy institutlarga ta’sirini yoritadi. Maqolada sun’iy intellekt nafaqat texnologik vosita, balki qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi aqlli agent sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, SI tizimlarini loyihalashda inson markaziyligi, axloqiy mas’uliyat, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillarining ustuvor ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektni ijtimoiy-falsafiy loyiha sifatida tushunish va uning jamiyat barqarorligiga xizmat qiluvchi modelini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, onlife muhit, infosfera, ijtimoiy farovonlik, axloqiy mas’uliyat, inson markaziyligi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references